17:55 / 08.04.2017
6 048

Amerika senatori: AQSh Saudiya Arabistoni va Turkiya uchun jang qilishdan charchadi


AQSh prezidenti Donald Tramp bir narsani yaxshi anglashi kerakki, Amerika keng jamoatchiligi Qo‘shma Shtatlarning Suriyada bo‘layotgani kabi Saudiya Arabistoni va Turkiya sha’ni uchun jang qilishdan charchadi. Bu haqda RIA Novosti agentligiga Virjiniya shtati senati a’zosi Richard Blek bayonot berdi, deb yozadi "Kun.uz" nashri.

"Tramp bir narsani tezroq tushunishi maqsadga muvofiqdir, amerikaliklar Saudiya Arabistoni va Turkiya kabi agressiv davlatlar o‘rniga urush olib borish maqsadida qotilliklar qilish uchun qo‘y kabi ergashishdan charchadi", — degan Blek.

Uning fikricha, AQSh Suriya mojarosiga aralishib qolishiga Saudiya Arabistoni va Qatarning Suriya orqali Turkiyaga gaz va neft quvurlarini o‘tkazishni istagani sabab bo‘lgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Amerika senatori: AQSh Saudiya Arabistoni va Turkiya uchun jang qilishdan charchadi