Germaniya qurolli kuchlari (Bundesver) AQShning Suriya hukumat qo‘shinlari pozisiyalariga yangi zarbalar berishida ishtirok etmaydi. Bu haqda Germaniya mudofaa vaziri Ursula fon der Lyayen SWR radiostansiyasi efirida ma’lum qildi, deb yozadi "Kun.uz" nashri.
Fon der Lyayenning aytishicha, Bundesver oldiga G‘arb koalisiyasining IShID terrorchilik guruhiga qarshi kurashi davomida razvedka olib borish vazifasi qo‘yilgan. "Men ta’kidlab o‘tmoqchiman, IShIDga qarshi kurash doirasida. Bu mutlaq oydin vazifa va biz uning doirasida harakat qilamiz", deb aytgan fon der Lyayen.
Vazirning aytishicha, bu vazifa Suriyada kimyoviy qurol qo‘llanishi masalasi va Bashar Asad faoliyatiga aloqasi yo‘q.
IShIDga qarshi G‘arb koalisiyasi operasiyasida nemis harbiy mutaxassislari NATOning AWACS radiolokasion razvedka samolyotlari ekipajini shakllantirish bilan mashg‘ullar. Berlin, shuningdek, Turkiyadagi Injirlik bazasida joylashtirilgan 6 ta "Tornado" razvedkachi samolyoti bilan ko‘mak ko‘rsatadi. Bundan tashqari, Bundesver instruktorlari iroqlik kurdlarni o‘qitadilar. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi