Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mavlud Chovusho‘g‘li Rossiya Suriya prezidenti Bashar Asadni qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatishi kerakligi haqida gapirdi, deb yozadi "Kun.uz" nashri.
«Bizda avvaldanoq Asad masalasida Rossiya bilan zid qarashlar mavjud. Bu tuzum o‘z fuqarolarini o‘ldirishda davom etmoqda. AQSh esa Suriya xalqi o‘z taqdirini o‘zi hal qilishi haqida bo‘lmoqda»,— deya vazirning so‘zlarini keltirgan TASS.
U Turkiya tomoni Suriyada sulh tuzish tartibiga rioya qilishda davom etishini qo‘shimcha qilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya Suriya hukumati va armiyasi ushbu sulhga amal qilishini ta’minlash uchun zarur ishlarni amalga oshirmayotganini ta’kidlab o‘tgan.
Janob Chovusho‘g‘li qayd etganki, bu orqali Turkiya AQSh va Rossiya o‘rtasidan birini tanlamayapti. U Turkiya ikki davlat bilan ham munosabatlarni saqlab qolishni istashini aytgan.
«Suriyada siyosiy o‘tish davrini boshlash kerak. O‘tish hukumati mamlakatni saylovga va yangi konstitusiyaga tayyorlamog‘i lozim»,— degan turkiyalik vazir.
4 aprel kuni Suriyaning Idlib viloyatida kimyoviy hujum amalga oshirildi va uning oqibatida 80 kishi halok bo‘ldi.
Ushbu hujum uchun javobgarlikni rasmiy Vashington Asad rejimi zimmasiga yukladi. 7 aprel kuni AQSh Qurolli kuchlari Suriyaning Shayrat aerodromiga «Tomagavk» rusumli qanotli raketalarini yo‘lladi.
Moskva tomoni ushbu hujumni «tajovuz akti» deya baholadi va AQSh bilan Suriyada ko‘zda tutilmagan holatlarning oldini olish haqidagi memorandum amalda bo‘lishini to‘xtatdi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingFikrlar (0)
Mavzuga oid yangiliklar

Tramp va Erdo‘g‘an Idlibdagi vaziyatni muhokama qildi

Rossiya harbiy politsiyasi Suriyada patrul xizmatini davom ettirmoqda

Erdo‘g‘an turk harbiylari Suriyada nima qilayotganiga izoh berdi

Erdo‘g‘an Turkiya Suriyada amaliyot o‘tkazishga haqli ekanini ma’lum qildi

Turkiya Asad rejimini harbiy jinoyatlarda aybladi

Erdo‘g‘an: AQSh va Turkiya birgalikda IShID poytaxtini qamal qilishga tayyor