Misr prezidenti armiyaga butun mamlakat bo‘ylab infratuzilmalarni qo‘riqlash haqida buyruq berdi

Misr prezidenti armiyaga butun mamlakat bo‘ylab infratuzilmalarni qo‘riqlash haqida buyruq berdi
Misr prezidenti Abdulfattoh as-Sisi mamlakat qurolli kuchlariga butun mamlakat bo‘ylab muhim infratuzilma ob’yektlarini darhol mudofaaga olish haqida buyruq berdi. Bu haqda davlat rahbari devonxonasi bayonotiga tayanib, «TASS»ga asoslanib "Daryo.uz" xabar bermoqda.
«Prezident Abdulfattoh as-Sisi mamlakat qurolli kuchlari oliy bosh qo‘mondoni armiya bo‘linmalarining darhol tarqalishi va politsiyaga respublikaning barcha provinsiyalaridagi hayot uchun muhim ob’yektlar xavfsizligini ta’minlashga yordam berishi haqida buyruq berdi», — deyiladi bayonotda.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar