6 314
AQShda polisiyachilar Tramp nomiga tahdidli xabar yuborgan qurollangan kishini izlamoqda
Viskonsin shtatining 150 ga yaqin huquq-tartibot xizmati xodimlari o‘qotar qurollar do‘koniga o‘g‘irlikka tushgan hamda Oq uy ma’muriyati pochtasiga AQSh prezidenti Donald Tramp nomiga tahdidli ma’lumotlar jamlangan hujjat yuborgan shaxsni qidirmoqda, deb xabar qildi «TASS»ga asoslanib "Daryo.uz" nashri.
Qidiruvdagi erkakning shaxsi bir nechta joydagi tashqi kuzatuv kameralari orqali aniqlangan. U 32 yoshli Jozef Yakubovski. «Ushbu shaxsni izlashga 150 ga yaqin mahalliy va federal darajadagi huquq-tartibot xodimlari jalb qilingan», — deydi Rok okrug polisiyasi vakili Troy Knudson.
Ma’lumotga ko‘ra, Yakubovski katta miqdorda o‘qotar qurollar, vintovkalarni o‘g‘irlab, mashinasini yoqib yuborgan va yashirinishga muvaffaq bo‘lgan.
Knudsonning aytishicha, Oq uy pochtasiga qidiruvdagi shaxsdan xabar kelgan. Yakubovski xabarda o‘zining hokimiyatdan noroziligini bildirgan.
Mahalliy FQB idorasi qidiruvdagi erkakni tutishda yordam ko‘rsatganga 10 ming dollar mukofot puli belgilanganini e’lon qildi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Hatto meva mumkin emas: jigar uchun zararli uch odat
Chet el valyutalarining o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi
Jasur Abduraimov: "Olimpiadaga chiqqanimiz ortidan raqiblarning bizga nisbatan hurmati oshadi"
Asab tolalarini mustahkamlashda muhim bo‘lgan vitaminlar
Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Falastin prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazdi
Germaniyada rossiyalik shaxs ikki ukrainalik harbiyni pichoqladi
Timur Kapadze tarixiy natija qayd etilganidan so‘ng nimalar dedi?