date

Qozog‘iston osmonida sirli “uchar likopcha” kuzatildi

Qozog‘iston osmonida sirli “uchar likopcha” kuzatildi

Qozog‘istonning Qostanay viloyatidagi Rudniy shahri osmonida noodatiy va sirli hodisa qayd etildi. Mahalliy fuqaro kechki payt osmonda paydo bo‘lgan noma’lum uchuvchi obyektlarni tasvirga olib, ularning videosi va fotosuratlarini ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qildi.

Uning aytishicha, ushbu hodisa 10 may kuni kechqurun sodir bo‘lgan. Erkak Halyqstan Telegram-kanali jurnalistlariga bu kabi holatlarga avvaldan tayyorgarlik ko‘rib kelganini bildirgan. Uning fikricha, har yili deyarli shu vaqtlarda Rudniy osmonida shunga o‘xshash manzaralar kuzatiladi.

Guvohning ta’riflashicha, osmonda ikkita yorqin obyekt paydo bo‘lgan. Ularning biri ikkinchisidan pastroq joylashgan holda harakatsiz turib qolgan. Yuqoridagi obyekt yorqin nur sochuvchi gumbazga o‘xshagan bo‘lib, “likopcha” shaklini eslatgan. Quyidagi obyekt esa piramidani yodga solgan, ammo qorong‘ulik tufayli uning aniq shaklini ko‘rish qiyin bo‘lgan.

Aytilishicha, ushbu sirli obyektlar shahar ustida taxminan 20 daqiqaga yaqin vaqt davomida deyarli harakatsiz holda turgan. Keyin esa kutilmaganda yorqin chaqnash bilan ko‘zdan g‘oyib bo‘lgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Qozog‘iston osmonida sirli “uchar likopcha” kuzatildi