16:03 / 11.04.2017
6 144

Turkiya janubi-sharqida portlash ro‘y berdi

Turkiya janubi-sharqida portlash ro‘y berdi
Turkiyaning Diyorbakir shahrida kuchli portlash ro‘y berdi. Bu haqda Haberturk nashriga tayanib Kun.uz xabar bermoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, kamida o‘n kishi jarohat oldi, bir inson halok bo‘lgan. Hodisa joyiga tez tibbiy yordam avtomobillari etib borgan.

Portlash polisiyaning maxsus topshiriqli guruhi shtabi yonida ro‘y bergan. U zirhli texnikadagi texnik nosozlik natijasida sodir bo‘lgan bo‘lishi mumkin. "Interfaks"ning mamlakat mudofaa vazirligidagi manbaga asosan xabar berishicha esa, bu holatda terakt ro‘y bermagan bo‘lishi mumkin.

"Terakt ehtimoli juda past. Aftidan, portlashga zirhli mashinani ta’minlash vaqtida texnika xavfsizligiga rioya etilmasligi sabab bo‘lgan", - deya aytib o‘tdi manba. Turkiya IIV rahbari Sulaymon Soylu esa portlash terakt emasligini ma’lum qildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Turkiya janubi-sharqida portlash ro‘y berdi