09:07 / 14.04.2017
6 571

Snouden amerikaliklar Afg‘onistonda aslida nimani bombardimon qilganini aytdi

Snouden amerikaliklar Afg‘onistonda aslida nimani bombardimon qilganini aytdi
Amerika maxsus xizmatlari sobiq xodimi Edvard Snouden o‘z Twitter’ida ma’lum qilishicha, AQSh Afg‘onistonga bergan zarba jangarilarning AQSh tomonidan moliyalashtirilib qurilgan tunnellariga tekkan. Bu haqda «RIA Novosti»ga tayanib «Daryo» xabar bermoqda.

Gap Afg‘onistonning Nangarhor viloyatidagi Tora-Bora g‘or majmuasi haqida bormoqda. O‘z so‘zlari tasdig‘i sifatida Snouden New York Times gazetasidagi maqoladan parchani keltirdi.

«Tora-Bora mujohidlar uchun qurilgan istehkomli baza, majmua bo‘lgan, u qisman Markaziy razvedka boshqarmasi tomonidan moliyalashtirilgan», — deyiladi maqolada.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh Qurolli Kuchlari 13 aprel kuni Afg‘onistondagi IShID terrorchilari ob’ektlariga o‘zining eng qudratli aviabombasi — GBU-43/B’ni tashlagani, mazkur bombadan ilk bor jangovar sharoitda foydalanilgani xabar berilgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Snouden amerikaliklar Afg‘onistonda aslida nimani bombardimon qilganini aytdi