7 053
United Airlines kompaniyasiga tegishli samolyot bortida yo‘lovchilardan birini chayon chaqib oldi
Xyustondan (AQSh, Texas shtati) Kalgari shahriga (Kanada, Alberta provinsiyasi) parvoz qilgan Amerikaning United Airlines aviakompaniyasiga tegishli samolyot bortida yo‘lovchilardan birini chayon chaqib oldi. Bu haqda CNN telekanaliga tayanib Daryo.uz xabar berdi.
Tushlik paytida biznes-klass yo‘lovchisi Rijard Bell yuk qo‘yiladigan tokchadan boshiga nimadir tushganini sezgan. Shunda u sochiga tushgan narsani qoqqan va uning qo‘lini chaqib olgan chayon yig‘ma stol ustiga tushganiga ko‘zi tushgan. Buni ko‘rgan yonidagi yo‘lovchi xavfni oldini olish maqsadida unga allergiyaga qarshi dori bergan.
Styuardlar bo‘g‘imoyoqlini ushlashga muvaffaq bo‘lgan va hojatxonaga tashlab yuborgan. Ular darhol zarur ko‘rsatmalarni bergan va bu noxush hodisa hayot uchun xavfli emasligiga ishontirgan erdagi shifokor bilan bog‘langan.
Chayon qanday qilib samolyot bortiga chiqib qolgani noma’lum. Telekanal ma’lumotiga ko‘ra, samolyot bu reysga qadar Kosta-Rikadan uchib kelgan. Aviakompaniya keyinroq yo‘lovchidan uzr so‘radi va bo‘lib o‘tgan voqea uchun tovon puli taklif qildi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi