date

Lukash Podolski Angela Merkel bilan selfisini kimoshdi savdosiga qo‘ydi

Lukash Podolski Angela Merkel bilan selfisini kimoshdi savdosiga qo‘ydi

Angliyaning «Arsenal» jamoasi va Germaniya terma jamoasi hujumchisi Lukash Podolski xayriya kimoshdi savdosini uyushtirib, Germaniya kansleri Angela Merkel bilan selfisini savdoga qo‘ydi. Selfi 2014 yil jahon chempionati finalidan so‘ng, jamoaning echinish xonasida olingan. Bu haqida futbolchi o‘zining «Twitter»dagi sahifasida ma’lum qildi, deb yozadi «tass.ru»ga asoslanib kun.uz.

Podolskining xayriya jamg‘armasi o‘tkazayotgan aksiyasi doirasida «Arsenal» bosh murabbiyi Arsen Vengerning parto‘shagi, Germaniya termasi darvozaboni Manuel Noyer hamda «Liverpul» futbolchisi Mario Balotellining butsasi, JCh-2014 finalidagi g‘alabadan so‘ng, Podolski va Bastian Shvaynshtayger birga tushgan surat va boshqa suvenirlar ham savdoga qo‘yildi.

Tushgan barcha mablag‘lar xayriya maqsadida sarflanishi ko‘zda tutilgan.

Ma’lumot uchun, Lukash Podolski 2012 yilda Germaniyaning «Kyoln» jamoasidan “Arsenal»ga o‘tgan. Londonliklar jamoasi tarkibida 2013-14 yillar mavsumida Angliya kubogida g‘olib bo‘ldi. U Germaniya terma jamoasining to‘purarlaridan hisoblanadi, Podolski shu kungacha terma jamoa safida 120 ta o‘yinda maydonga tushib, 47 marta gol urishga erishgan.

foto: Google Images / Kun
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Lukash Podolski Angela Merkel bilan selfisini kimoshdi savdosiga qo‘ydi