date
views 7 719

Shimoliy Koreya yadroviy urushga yadroviy urush bilan javob berishini aytdi

Shimoliy Koreya yadroviy urushga yadroviy urush bilan javob berishini aytdi
Pxenyan agar AQSh total urushni boshlasa, unga kirishishga tayyor. Bu haqda Shimoliy Koreyaning Rossiyadagi elchixonasining mudofaa masalalari bo‘yicha attashesi Kim Yon Zin aytdi deb yozadi Kun nashri.

Diplomat buni Koreya xalq armiyasi yaratilganining 85 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan qabulda aytib o‘tdi.

"Agar ular ongsiz ig‘vogarlikni amalga oshirsalar, Koreya inqilobiy kuchlari qaqshatqich zarba beradi va total urushga total urush bilan, yadroviy urushga o‘z uslubidagi yadroviy urush bilan javob beradi", deb aytdi diplomat.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Shimoliy Koreya yadroviy urushga yadroviy urush bilan javob berishini aytdi