Afrikalik muhojirlar qul bozorida sotilmoqda

Afrikalik muhojirlar qul bozorida sotilmoqda
“Xalqaro Migratsiya Tashkiloti” Liviyadagi zamonaviy qul bozorlarida odamlar pulga sotilayotganini aniqladi, deya xabar bermoqda Al Jazeera ​ telekanali. Bu haqda Sof.uz ma’lum qilmoqda.

Liviya orqali Yevropaga kelgan odamlar “Xalqaro Migratsiya Tashkiloti” vakillari bilan suhbatda bunga iqror bo‘lishgan. Guvohlarning aytishicha, muhojirlarni sotib olgan zamonaviy quldorlar ularni og‘ir mehnat va tanasini sotishga majburlanadi. Guvohlarga ko‘ra, Liviyadagi Sabha shahri qul savdosi markazlaridan biri hisoblanadi.

“Xalqaro Migratsiya Tashkiloti”ning Liviya bo‘yicha missiyasi rahbari Usmon Bilbeysiy seshanba kuni e’lon qilgan bayonotda aytilishicha, muhojirlar 2 3 oylik muddat uchun 200 dollardan 500 dollargacha pullanmoqda. “Muhojilar bir buyum kabi sotilmoqda. Odam savdosi kontrabandachilar va jinoiy to‘dalar orasida daromadbop sohaga aylandi. Liviyadagi odamfurush to‘dalar borgan sari kuchayib borishmoqda”, – deydi Usmon Bilbeysiy.

Afrikaning Nigeriya, Somali va Gambiya kabi davlatlaridan muhojirlar Italiyaga o‘tish uchun Liviyaga kelishadi. U yerda esa odamfurushlar ularni qullikka sotib yuborishni odat qilishgan. Erkaklar asosan qurilish va qishloq xo‘jaligida ishlatish uchun sotib olinsa, ayollar fohishalikka majburlanmoqda. Majburiy mehnatga jalb qilinganlar ko‘pincha haq to‘lanmasdan ishlatiladi.

Bundan tashqari, qurolli guruhlar va kontrabandachilar o‘rtasida yaxshigina hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan. Qurolli guruhlar odam savdosi bilan shug‘ullanishlariga imkon bergani uchun odamfurushlardan pul olishga intilishadi.

“Xalqaro Migratsiya Tashkiloti” suhbatlashgan somalilik muhojirlar Sabhada kontrabandachilar qo‘lida qullikda bo‘lgani haqida gapirgan. Uning aytishicha, bitta uyda 100 dan ortiq qullar saqlangan. Ma’lum bo‘lishicha, qullarni faqat ma’lum haq evaziga qo‘yib yuborishadi. Quldorlarga ozodlik uchun pul to‘lay olmaganlar ochlikdan o‘lib ketish hollari ham uchraydi. Qular sotib bo‘linganda esa ularning o‘rniga yangilari olib kelib sotuvga qo‘yiladi. Shu tariqa odam savdosi davom etadi.

Har yili yuz minglab muhojirlar Liviyadan O‘rtaer dengizi orqali Yevropaga otlanishadi. Yil boshidan buyon Italiyaga Afrikadan 27 ming muhojir yetib kelgan. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 7 ming nafar ko‘p deganidir. Hozirgacha 600 dan ziyod muhojir dengizda cho‘kib ketgani ma’lum. Sahroda yana qancha kishining qurbon bo‘lgani haqida ma’lumotlar yo‘q. ularning soni dengizda halok bo‘lganlardan ham ko‘proq bo‘lishi mumkin.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar