Qizil libos, xina va tilla: Shahlo Salayevaning to‘y oldi marosimi tarmoqlarda muhokama qilinmoqda ( video)

Xonanda Shahlo Salayeva turmush qurish oldidan Turkiya urf-odatlariga xos xina qo‘yish marosimini o‘tkazdi. U ushbu marosimdan olingan surat va videolarni ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qildi.
Marosimda xonanda qizil ko‘ylakda ko‘rinish bergan. Turk odatiga ko‘ra, kelinning qo‘llariga xina surtiladi. Salayevaning qo‘liga xinani qaynsinglisi surgani, ustidan tilla qo‘yilib, qo‘li yopilgani aytilmoqda.
Xonanda bu lahzalar haqida hissiyotlarini ham yozgan. U “Qanday go‘zal odat ekan, Xudoyim doimo baxtdan yig‘lashni nasib etsin”, deya izoh qoldirgan.
Marosim davomida Shahlo Salayeva hayajonlanib, yig‘lab yuborgan. Uning ushbu holati muxlislari tomonidan iliq qabul qilindi.
Ijtimoiy tarmoqlarda foydalanuvchilar xonandani tabriklab, unga baxtli oilaviy hayot tilamoqda.































Izohlar 0
…