Soqollarini nuqson deb bilmaydigan ayol boshqalardan yashirish o‘rniga, ularni o‘stirishni tanladi!

Gormonal nomutanosiblik sabab tashqi ko‘rinishi o‘zgargan ayol bu holatni kamchilik sifatida qabul qilmadi. U tuklarini olib tashlash yoki boshqalardan yashirish o‘rniga, ularni o‘stirishni tanladi. Bu haqda "Ganja Post" xabar berdi.
Uning bu qarori ijtimoiy tarmoqlarda tez tarqalib, ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘ldi. Ayol yangi ko‘rinishini yashirmay, surat va videolarini kuzatuvchilari bilan bo‘lishdi.
Foydalanuvchilarning bir qismi uning o‘ziga bo‘lgan ishonchini qo‘llab-quvvatladi. Boshqalar esa bunday qiyofaga qiziqish bilan munosabat bildirdi.
Ayolning odatiy go‘zallik qarashlariga bo‘ysunmasdan, o‘zini qanday bo‘lsa, shunday qabul qilgani uni tarmoqlarda tanitdi. Hozir uning tashqi ko‘rinishi va shaxsiy tanlovi haqidagi bahslar davom etmoqda.































Izohlar 0
…