Futbolchi Maykl Olisening ikki yoshli qizi borligi ammo undan umuman xabar olmasligi haqidagi haqiqatlar

Futbolchi Maykl Olisening ikki yoshli qizi borligi ammo undan umuman xabar olmasligi haqidagi haqiqatlar

Fransiyalik futbolchi Maykl Oliseni ikki yoshli qizidan umuman xabar olmaslikda ayblashdi. Bu haqda qizaloqning onasi, 34 yoshli Fotima Saunbreker Germaniyaning "Bild" nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Dyusseldorflik ayolning so‘zlariga ko‘ra, Olise DNK tekshiruvidan o‘tgan va qizaloq uning farzandi ekanini tan olgan. Biroq Saunbreker futbolchi shu kunga qadar qizi bilan yuzma-yuz uchrashmaganini ta’kidlamoqda.

Uning aytishicha, tomonlar o‘rtasidagi asosiy kelishmovchilik bolaning moddiy ta’minoti bilan bog‘liq. Fotima futbolchining advokatlari qizaloq uchun «kulgili miqdordagi mablag‘» taklif qilganini bildirdi. U bu summa Maykl Oliseni daromadiga mutlaqo mos emas deb hisoblab, taklifni qabul qilmagan.

"Insonning o‘z farzandiga nisbatan shunchalik shafqatsiz va hissiz bo‘lishi mumkinligini ko‘rish men uchun juda og‘ir", dedi Fotima Saunbreker.

Hozircha Maykl Olise yoki uning vakillari ushbu da’volarga ommaviy munosabat bildirgani haqida ma’lumot berilmagan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar