Rossiyada migrantlar uchun tibbiy ko‘rik qoidalari kuchaytirildi

Rossiyada migrantlar uchun tibbiy ko‘rik qoidalari kuchaytirildi

Rossiyada migrantlar uchun tibbiy nazorat talablari yanada kuchaytirilmoqda. Prezident Vladimir Putin tomonidan imzolangan yangi qonunga ko‘ra, majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tish muddati 90 kundan 30 kunga qisqartirildi.

Endilikda mehnat migrantlari hamda mamlakat hududida 90 kundan ortiq qoladigan barcha xorijliklar nafaqat dastlabki, balki har yili muntazam ravishda tibbiy ko‘rikdan o‘tishi shart bo‘ladi. Ushbu tartib migrantlar sog‘lig‘i ustidan nazoratni kuchaytirish va epidemiologik xavflarning oldini olishga qaratilgan.

Tibbiy ko‘rik natijalari maxsus davlat bazasiga kiritiladi. Agar tekshiruvlar davomida xavfli yuqumli kasalliklar yoki giyohvand moddalar iste’moli aniqlansa, bu haqdagi ma’lumotlar avtomatik ravishda Ichki ishlar vazirligiga yuboriladi.

Yangi qonunga ko‘ra, tibbiy ko‘rikdan o‘tishdan bosh tortgan yoki belgilangan muddatlarga amal qilmagan migrantlarga nisbatan jarima qo‘llanishi, hatto deportatsiya chorasi ko‘rilishi mumkin.

Mazkur tartib 2026 yil 1 sentyabrdan kuchga kiradi va u migrantlar faoliyati ustidan nazoratni yanada kuchaytirishga xizmat qiladi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Charos
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar