“Sochga o‘xshash” taom: Xitoydagi noodatiy delikates hayrat uyg‘otmoqda

Xitoyda tashqi ko‘rinishi inson sochiga o‘xshab ketadigan noodatiy mahsulot — fatsay (fat choy) tobora ommalashib bormoqda. Bu g‘aroyib taom ko‘plab sayyohlar va internet foydalanuvchilarining qiziqishini uyg‘otmoqda.
Aslida fatsay cho‘l hududlaridagi suv havzalarida o‘sadigan yeyiladigan sianobakteriya hisoblanadi. Quritilgan holatda u uzun, ingichka qora tolalarga o‘xshab ketadi va aynan shu ko‘rinishi sabab ko‘pchilikni hayratga soladi.
Odatda fatsay turli sho‘rvalarga qo‘shilib, suvda yumshagach ugra yoki lapshaga o‘xshash holatga keladi. Ba’zi kafe va ko‘cha taomlari savdogarlari esa uni ziravorlar bilan qovurib, alohida taom sifatida ham taqdim etishadi.
Qiziq tomoni shundaki, bu mahsulotni ilk bor ko‘rgan sayyohlar ko‘pincha uni haqiqiy soch deb o‘ylab, hayratda qolishadi. Shunga qaramay, fatsay mahalliy aholining sevimli taomlaridan biri bo‘lib, o‘ziga xos ta’mi bilan qadrlanadi.





























Izohlar 0
…