Sud qarori bilan Tramp nomi san’at markazidan o‘chirildi

AQSH prezidenti Donald Trampning nomi Jon F. Kennedi nomidagi Ijro san’ati markazi fasadidan olib tashlandi.
Reuters xabariga ko‘ra, bu sud qarori asosida amalga oshirilgan. Qarorda muassasa nomini Kongress roziligisiz o‘zgartirish mumkin emasligi qayd etilgan.
Avvalroq markaz kengashi uni Donald Tramp — Jon F. Kennedi nomidagi Ijro san’ati markazi deb qayta nomlashni ma’qullagan edi.
Biroq Vashington sudi nom o‘zgarishini taqiqlab, Tramp ismini barcha belgilar va materiallardan olib tashlashni buyurgan.






























Izohlar 0
…