Turkiya Prezidenti AQSH va Eron o‘rtasida erishilgan kelishuvni olqishladi

Turkiya Prezidenti AQSH va Eron o‘rtasida erishilgan kelishuvni olqishladi

Turkiya Prezidenti Rajab Toyyib Erdog‘an AQSH va Eron o‘rtasida erishilgan kelishuvni olqishladi.

Uning ta’kidlashicha, mazkur kelishuv mintaqada tinchlik va xavfsizlikni ta’minlash yo‘lida zarur qadam hisoblanadi.

Erdog‘an kelishuv imzolanishi arafasida keskinlikni oshirishi mumkin bo‘lgan bayonotlar, provokatsiyalar va harakatlardan tiyilish muhimligini qayd etdi.

Turkiya rahbari Pokistonning vositachilik sa’y-harakatlarini yuqori baholab, AQSH va Eron rahbarlariga minnatdorlik bildirdi.

Shuningdek, u Qatar va Saudiya Arabistonining diplomatik tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlaganini ham alohida ta’kidladi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nigina Zarqarayeva
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar