Parashyutda uchgan eshak: video tarmoqlarda shov-shuvga sabab bo‘ldi

Parashyutda uchgan eshak: video tarmoqlarda shov-shuvga sabab bo‘ldi

Turkiyalik Emrah Baybura ijtimoiy tarmoqlarda noodatiy videoni ulashdi. Unda u eshak bilan birga parashyutda uchgani aks etgan. Mazkur kadrlar qisqa vaqt ichida keng tarqalib, foydalanuvchilar orasida qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘ldi.

Videoda yigit eshakni maxsus tarzda jihozlab, o‘zi bilan birga havoga ko‘tarilgani tasvirlangan. Bu holat ko‘pchilikni hayratga solgan bo‘lsa, ayrimlar buni hayvonlarga nisbatan shafqatsizlik sifatida baholamoqda.

Shu bilan birga, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining bir qismi videoning haqiqiyligiga shubha bildirib, uni sun’iy intellekt yordamida yaratilgan bo‘lishi mumkinligini taxmin qilmoqda.

Hozircha ushbu video haqiqiy yoki montaj ekani rasman tasdiqlanmagan. Biroq u allaqachon internetda eng ko‘p muhokama qilinayotgan lavhalardan biriga aylangan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Charos
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar