Politsiya adashib 9 yoshli qizaloqni otib qo‘ydi

Politsiya adashib 9 yoshli qizaloqni otib qo‘ydi

Pokistonda politsiya xodimlari bosqinchilarni ta’qib qilayotgan paytda jiddiy xatoga yo‘l qo‘yib, boshqa avtomobilga qarata o‘t ochgan. Oqibatda 9 yoshli avstraliyalik qizaloq halok bo‘lgan, uning oilasidan ikki kishi jarohat olgan. Bu haqda The Independent xabar berdi.

Voqea Panjob provinsiyasining Chakval shahrida sodir bo‘lgan. Ma’lum bo‘lishicha, 10 iyun kuni kechasi qurollangan mototsikldagi bosqinchilar oilaga hujum qilgan va ulardan taxminan 500 ming pokiston rupiyasi (taxminan 1800 dollar) qiymatidagi zargarlik buyumlarini tortib olgan.

Shu vaqtda politsiya boshqa jinoyatchilarni quvayotgan bo‘lgan. Oila esa voqeadan so‘ng o‘z avtomobilida hududni tark etayotganida, xodimlar ularni gumonlanuvchilar deb o‘ylab o‘q uzgan.

Politsiya vakiliga ko‘ra, avtomobil tez harakatlanayotgani sababli uni bosqinchilarniki deb xato baholashgan va nazoratsiz o‘t ochilgan.

Halokat natijasida Haniya Ahmed ismli 9 yoshli qizaloq shifoxonaga yetkazilgan, biroq uning hayotini saqlab qolishning iloji bo‘lmagan. Otasi va akasi jarohat olgan, onasi esa zarar ko‘rmagan.

Keyinchalik ikki nafar asosiy gumonlanuvchi politsiya bilan to‘qnashuvda o‘ldirilgani ma’lum qilindi. Shu bilan birga, politsiya xodimi hibsga olingan va tergov boshlangan.

Hukumat voqeani o‘rganish uchun qo‘shma tergov guruhini tuzgan. Agar beparvolik yoki ayb isbotlansa, qattiq qonuniy choralar ko‘rilishi aytilgan.

Avstraliya TIV ham oilaga konsullik yordami ko‘rsatilayotganini ma’lum qildi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Aziza Shukhratova
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar