Xitoy dashtlarida “qulagan NUJ” ko‘rinishidagi inshoot qurildi

Xitoy dashtlarida “qulagan NUJ” ko‘rinishidagi inshoot qurildi

Xitoyning Ichki Mo‘g‘uliston hududidagi keng dashtlarda Prairie Ark nomli noodatiy san’at galereyasi barpo etildi. Bino tashqi ko‘rinishi bilan yerga qulab tushgan uchar likopchani eslatadi.

Loyiha mualliflari ilmiy fantastika asarlaridan ilhomlangan. Shu sabab galereya ataylab odamlar kam yashaydigan cho‘lga yaqin hududda qurilgan.

Arxitektorlar tabiat va futuristik dizayn uyg‘unligini yaratishga harakat qilgan. Uzoqdan qaralganda inshoot haqiqatan ham dashtga qulab tushgan kosmik kemaga o‘xshaydi.

Galereyaga kirish bepul. Hududda mehmonlar uchun maxsus kuzatuv minorasi ham mavjud.

Bino nafaqat san’at maskani, balki sayyohlar va suratkashlar uchun mashhur manzilga aylanmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Charos
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar