Fransiya prezidenti lavozimiga nomzod tomon tuxumlar uloqtirildi (Video)

Fransiya prezidenti lavozimiga nomzod Marin Le Penga Bretan viloyati bo‘ylab saylovoldi safari vaqtida tuxumlar uloqtirildi. Ushbu holat videosi BFMTV telekanali tomondan chop etildi.
Voqea Dol-de-Bretan shahrida siyosatchi mahalliy aholi bilan suhbatlashayotganda yuz bergan. Le Penga qarshi chiqayotganlar unga tuxum uloqtirib, uni "Sizning bu yerda qiladigan ishingiz yo‘q, madam" va "Yo‘qolsin fashistlar" degan hayqiriqlar bilan "qarshilashgan".
Le Pen xavfsizlik xizmati xodimlari uni o‘zlari bilan to‘sib, voqea joyidan olib ketishgan.
Marin Le Pen Fransiyaga immigratsiyaning cheklanishini qo‘llab-quvvatlovchi siyosatchi hisoblanadi. Bundan tashqari, u Yevropa Ittifoqining Fransiyaga haddan ziyod ta’siriga ham qarshi chiqadi.

Izohlar 0
…