09:35 / 05.05.2017
6 071

AQSh harbiylari Suriyadagi masjidga zarba berishganini tan oldilar

AQSh harbiylari Suriyadagi masjidga zarba berishganini tan oldilar
Foto: Reuters

Amerikalik harbiylar ularning aviasiyasi joriy yilning 16 mart kuni Suriyaning Al-Jina qishlog‘i yaqinidagi masjidga zarba berganini tan oldilar. Bu haqda AQSh qurolli kuchlari markaziy qo‘mondonligi vakiliga iqtibos keltirgan holda CNN telekanali xabar bermoqda deb yozdi Kun nashri.

Uning ma’lum qilishicha, Pentagon tomondan o‘tkazilgan tergov aviazarba natijasida vayron bo‘lgan bino haqiqatan ham diniy maqsadlar uchun ishlatilganini ko‘rsatgan. Telekanalning ta’kidlashicha, amerikalik harbiylarga bu turdagi ob’ektlarga, maktab va shifoxonalarga zarba berish taqiqlangan. Biroq agar bunday binolar ichida jangarilar qo‘nim topgan bo‘lsa va u erda tinch aholi bo‘lmasa yuqoridagi taqiqlov olinishi mumkin, ammo buning uchun maxsus ruxsat lozim.

Avvalroq AQSh mudofaa vazirligi masjidni bombardimon qilganini tan olmay kelgan. Zarba masjid yonidagi terrorchilar to‘plangan joyga berilgani ta’kidlab kelingan.

Eslatib o‘tamiz, o‘sha zarba oqibatida mahalliy masjid vayron qilingan va 42 kishi halok bo‘lgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSh harbiylari Suriyadagi masjidga zarba berishganini tan oldilar