Fransiyaning dengiz ortidagi hududlarida prezident saylovining ikkinchi turi natijalariga ko‘ra Emmanyuel Makron ustun keldi. Bu haqda ishonchli manbasiga asoslangan holda Belgiyadagi Le Soir gazetasi xabar berdi, deb yozmoqda Kun.uz sayti.
Nashrning qayd etishicha, Sen-Per va Mikelon dengiz orti jamoatida Makron 63,3 foiz ovozni qo‘lga kiritdi, «Milliy front» partiyasidan nomzod Marin Le Pen esa 36,7 foiz ovozga ega bo‘lib turibdi. Sen-Martenda Makron 67,6 foiz, Le Pen esa 32,4 foizga egalik qilib turibdi. Fransiya Gvianasida Makron va Le Penning ko‘rsatkichlari tegishli ravishda 65 va 35 foizni tashkil qilmoqda. Nihoyat, Martinika orolida Makron 77,5 foizlik ko‘rsatkich bilan etakchilik qilmoqda, Le Pen xonim esa 22,5 foiz ovozga ega.
Tilga olingan hududlarda ovoz berish soat kamarlaridagi tafovut tufayli ilgariroq bo‘lib o‘tdi.
AQSh va Kanadada istiqomat qiluvchi Fransiya fuqarolari orasida Makronni qo‘llab-quvvatlovchilar ulushi yanada ko‘proqni tashkil etmoqda: Nyu-Yorkda u 94,7 foiz (Le Pen — 5,3 foiz), Chikagoda 92 foiz (Le Pen — 8 foiz), Bostonda 95,7 foiz (Le Pen — 4,3 foiz), Ottava va Monrealda 90 foiz (Le Pen — 10 foiz) ovozni qo‘lga kiritdi.
Paris Match, CNews va Sud Radio buyurtmasiga ko‘ra Ifop-Fiducial tomonidan o‘tkazilgan so‘rovnomaning 5 may kuni e’lon qilingan natijalariga ko‘ra saylovda Emmanyuel Makron Marin Le Penni 63 foizga 37 foiz farqi bilan ortda qoldirishi prognoz qilingan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi