Chaqalog‘ini orqasiga bog‘lab mehnat qilayotgan ishchi intenetda ko‘pchilikni ta’sirlantirmoqda!

Chaqalog‘ini orqasiga bog‘lab mehnat qilayotgan ishchi intenetda ko‘pchilikni ta’sirlantirmoqda!

Vetnamlik qurilish ishchisining o‘g‘lini orqasiga ko‘tarib ishlayotgani tasvirlangan kadr internetda ommalashdi. Suratda u bir tomondan kunlik mehnatini bajarayotgani, ikkinchi tomondan chaqalog‘ini nazoratsiz qoldirmaslikka urinayotgani ko‘rinadi.

Ishchi turmush o‘rtog‘ini baxtsiz hodisada yo‘qotgan. Shundan keyin bola tarbiyasi va oilani ta’minlash mas’uliyati uning zimmasida qolgan.

Uning bolaga qaraydigan odami bo‘lmagan. Buning uchun alohida kishi yollashga ham imkoniyati yetmagan. Shu bois u chaqalog‘ini har kuni qurilish maydoniga olib borishga majbur bo‘lgan.

Tarmoq foydalanuvchilari bu holatga turlicha munosabat bildirdi. Ayrimlar uning otalik mehrini maqtagan bo‘lsa, boshqalar bolani bunday xavfli joyda olib yurish mumkin emasligini yozgan.

Biroq ishchining vaziyatida tanlov ko‘p emas edi. U farzandini yolg‘iz qoldirolmas, ishlamasa esa oilasini ta’minlay olmasdi. Shuning uchun u har ikki mas’uliyatni bir vaqtda ko‘tarishga majbur bo‘lgan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar