O‘zbekistonda eng ko‘p qaysi davlat fuqarolari yashaydi?

O‘zbekistonda eng ko‘p qaysi davlat fuqarolari yashaydi?

O‘zbekistonda bir yildan ortiq muddat yashayotgan xorijiy fuqarolar soni ma’lum qilindi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakat hududida doimiy yoki uzoq muddat istiqomat qilayotgan 56 860 nafar chet el fuqarosi ro‘yxatga olingan.

Ularning eng katta qismi Toshkent shahrida yashaydi. Poytaxtda 19 300 nafar xorijlik istiqomat qilayotgani qayd etilgan.

Davlatlar kesimida esa Hindiston fuqarolari birinchi o‘rinni egallagan. Ularning soni 13 312 nafarga yetgan. Ikkinchi o‘rinda Rossiya Federatsiyasi fuqarolari (10 826 nafar), uchinchi o‘rinda esa Qozog‘iston fuqarolari (9 425 nafar) joylashgan.

Shuningdek, O‘zbekistonda 5 722 nafar Tojikiston, 5 347 nafar Turkmaniston va 4 397 nafar Qirg‘iziston fuqarosi istiqomat qilmoqda.

Ro‘yxatda Pokiston (1 433 nafar), Xitoy (1 031 nafar), Turkiya (811 nafar) hamda Koreya Respublikasi (691 nafar) fuqarolari ham qayd etilgan. Qolgan 3 865 nafar xorijlik esa boshqa davlatlar hissasiga to‘g‘ri keladi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar