Ronaldu Venesueladagi kuchli zilzilada oilasini yo‘qotgan bolaga videomurojaat yo‘lladi (video)

Venesueladagi kuchli zilziladan keyin og‘ir jarohat olgan yosh futbol muxlisi Krishtianu Ronaldudan maxsus videomurojaat oldi. Portugaliyalik futbolchi unga sog‘lik tilab, kelajakda o‘yinlaridan biriga taklif qilishini bildirdi.
Bola tabiiy ofat paytida vayronalar ostida qolgan. Uni qutqarib qolishgan, biroq u oila a’zolarini yo‘qotgan. Jarohatlari og‘ir bo‘lgani uchun shifokorlar uning bir oyog‘ini amputatsiya qilishga majbur bo‘lgan.
Kasalxonada yotgan vaqtida bola Krishtianu Ronaldu surati tushirilgan Panini kartochkasini so‘ragan. Uning bu istagi haqidagi lavha ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalgan.
Voqeadan xabar topgan Ronaldu bolaga videomurojaat yuborib, uni shaxsan uchratish istagini bildirgan. Shuningdek, unga maxsus stiker ham yetkazilgan.
Sovg‘ani olgan yosh muxlis o‘z quvonchini yashira olmagan. U Ronaldudan bunday javob kelishini kutmaganini aytgan.































Izohlar 0
…