Moskva–Sochi reysi haqiqiy konsert maydoniga aylandi

Moskva–Sochi yo‘nalishida parvoz qilayotgan Aeroflot aviakompaniyasi reysi yo‘lovchilari kutilmagan musiqiy syurprizga guvoh bo‘ldi. Parvoz davomida taniqli xonandalar Leonid Agutin va Vladimir Presnyakov samolyot bortida jonli konsert uyushtirdi.
Noodatiy chiqish 1 iyul kuni o‘tkazilgan Aguteens festivali ochilishiga bag‘ishlandi. Kutilmagan konsert yo‘lovchilarga bayramona kayfiyat ulashib, samolyot salonini go‘yoki kichik konsert zaliga aylantirdi.
Qo‘shiqlar yangray boshlagach, yo‘lovchilar san’atkorlarga jo‘r bo‘lib kuyladi, ko‘pchilik esa unutilmas lahzalarni telefonlari orqali tasvirga oldi. Samimiy muhit ijtimoiy tarmoqlarda ham keng muhokama qilinmoqda.
Konsert yakunida barcha yo‘lovchilar va xonandalar birgalikda mashhur “Aeroporty” qo‘shig‘ini ijro etib, parvozni yanada unutilmas voqeaga aylantirdi.






























Izohlar 0
…