AQSHning bir nechta shtatida Mustaqillik kuni otishmalar bilan yakunlandi

AQSHning bir nechta shtatida Mustaqillik kuni otishmalar bilan yakunlandi

AQSHda Mustaqillik kunini nishonlash vaqtida bir nechta shaharda otishmalar sodir bo‘ldi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, kamida olti kishi halok bo‘lgan, o‘nlab fuqaro jarohatlangan, deb xabar beradi NBC News.

Eng og‘ir holatlardan biri Nyu-York shahrining Bruklin tumanidagi Koni-Aylendda kuzatilgan. Qora niqob taqqan qurolli shaxs oilaviy barbekyuda bo‘lgan odamlarga o‘q uzgan. Natijada sakkiz kishi, shu jumladan to‘rt nafar bola yaralangan.

Mustaqillik kuni munosabati bilan o‘tkazilgan tadbirlar paytida Indiana, Kaliforniya, Missuri va Ogayoda ham qurolli hujumlar qayd etilgan. Ayrim holatlarda qurbonlar voyaga yetmaganlar bo‘lgan.

Floridadagi Pensakola markazida sodir bo‘lgan otishma 19 yoshli yigitning o‘limiga sabab bo‘lgan. Hodisada yana olti kishi jarohat olgan.

Indianadagi turli otishmalarda bir nafar ayol va 10 yoshli bola halok bo‘lgan. Sakkiz nafar katta yoshli fuqaro shifoxonaga olib ketilgan.

Missurida 17 yoshli yigit vafot etgan. O‘q tekkan yana ikki nafar 16 yoshli o‘smir kasalxonaga yotqizilgan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar