Qulupnay savdosi janjalga aylandi: O‘sh bozoridagi mojaro

Qirg‘izistonning O‘sh shahridagi Rayimbekov ko‘chasida joylashgan bozorda savdogarlar va fermer o‘rtasida mojaro yuz berdi. Hodisa aks etgan videolar qisqa vaqt ichida ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalib, foydalanuvchilar orasida qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘ldi.
Guvohlarning aytishicha, kelishmovchilik bozorda qulupnay sotayotgan fermer hamda mahalliy savdogarlar o‘rtasida boshlangan. Mojaro avj olishi oqibatida fermerning qulupnaylari ezib tashlangan, kiyimlari esa yirtilgan.
Mazkur holat yuzasidan "Aq-Buura" militsiya bo‘limi tomonidan ish ro‘yxatga olingan. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar voqea ishtirokchilarining shaxsiga aniqlik kiritib, ularni tergov bo‘limiga olib ketgan.
Hozirda hodisa yuzasidan zarur ekspertizalar tayinlangan bo‘lib, barcha holatlar yuzasidan tergovoldi tekshiruv ishlari davom ettirilmoqda.






























Izohlar 0
…