Bekobodda 150 mln so‘mlik tovarlarni yashirincha olib kirishga urinish fosh etildi

Bekobodda 150 mln so‘mlik tovarlarni yashirincha olib kirishga urinish fosh etildi

Bekobod» temir yo‘l chegara bojxona postida «Xo‘jand–Volgograd» yo‘nalishidagi xalqaro poyezd tekshirilganda, yo‘lovchilardan birining yukida deklaratsiya qilinmagan tovarlar aniqlandi.

Yo‘lovchi og‘zaki so‘rovda ham ushbu mahsulotlar haqida ma’lumot bermagan. Bagaj ko‘zdan kechirilganda 2 ming quti «Esse Change» tamaki mahsuloti, 111 ta tibbiy buyum va 12 litr alkogol topildi.

Tovarlarning bir qismida aksiz markalari bo‘lmagan. Tibbiy buyumlarning sifati ham tasdiqlanmagani aytilmoqda.

Dastlabki baholashga ko‘ra, musodara qilingan mahsulotlarning umumiy qiymati 150 mln so‘mga teng. Ular mamlakat hududida qayta sotish uchun olib kirilayotgani aniqlangan.

Mazkur holat bo‘yicha bojxona organlari tekshiruv harakatlarini davom ettirmoqda.

Poyezd yonida yerga terib qo‘yilgan ko‘plab kontrabanda tovarlar va uch nafar erkak.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar