Putin Rossiyaga to‘la bosim o‘tkazish uchun G‘arbning «qo‘llari kaltalik» qilishini ma’lum qildi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin o‘z chiqishlaridan birida Rossiyaga bosim o‘tkazishga urinayotgan davlatlar bu ishni uzoq davom ettira olishmasligi, bunga ularning qo‘llari kaltalik qilishini aytib o‘tdi. Bu haqda «RIA Novosti»ga asoslanib «Kun.uz» xabar bermoqda.
Putin inson huquqlari bo‘yicha vakil Ella Pamfilovaning Rossiyaga har tomondan bosim o‘tkazilayotgani haqidagi fikriga qo‘shilmasligini ta’kidladi.
«Hech kim bizni siqmayapti, shunchaki, siqishga urinishlar bo‘lyapti. Hamma tomondan emasligi aniq — har tomondan qamrab olishga ularning qo‘llari kaltalik qiladi», — dedi Putin.
Bundan avval Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish va inson huquqlari bo‘yicha kengash a’zolari va ombudsmenlar bilan uchrashuvda Rossiya o‘zining huquqni himoya qilish tashkilotlarini rivojlantirishi va mustahkamlashi kerakligini aytgan edi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing