date

Rossiyalik milliarder dunyodagi eng katta yaxtani qurishga buyurtma berdi

Rossiyalik milliarder dunyodagi eng katta yaxtani qurishga buyurtma berdi

«Evroxim» xo‘jayinlaridan biri, Forbes talqini bo‘yicha Rossiyaning eng boy kishilari reytingida 13-o‘rinda turivchi Andrey Melnichenko Germaniyaning Nebiskrug kemasozlik kompaniyasiga dunyodagi eng katta yaxtani qurishga buyurtma berdi. Bu haqda «Gazeta.ru»ga asoslanib «Daryo» nashri xabar berdi.

White Pearl (Oq gavhar) nomini olgan yaxtaning uzunligi 147 metrni tashkil etadi, uch qavatli ichki «hovli»ga va katta basseynga ega bo‘ladi. Yaxtada yengillashtirilgan yuqori darajadagi mustahkam uglerod tolasidan ishlangan uchta machta bo‘ladi.

Yaxta ekipaji 66 kishini tashkil etadi. CNBC telekanali xabariga ko‘ra, yaxta 2016 yil iyul oyida tayyor bo‘ladi. Kema qiymati ma’lum qilinmagan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Rossiyalik milliarder dunyodagi eng katta yaxtani qurishga buyurtma berdi