6 268
"Qaroqchini o‘g‘ri urdi": xakerlar Walt Disney filmini o‘g‘irlab, u uchun katta pul talab qilishmoqda
Xakerlar AQShning The Walt Disney kinostudiyasining yaqinda ekranlarga chiqishi kerak bo‘lgan filmini o‘g‘irlab, uni internetga joylashtirish bilan tahdid qilishmoqda. Bu haqda kompaniya prezidenti Robert Aygerga iqtibos keltirgan holda Kun.uz nashri xabar bermoqda.
Aygerning aytishicha, xakerlar kompaniyadan filmni qaytarib berish uchun tovon puli sifatida bitkoinlarda katta pul talab qilishmoqda. Aks holda ular dastlab filmning 5 daqiqalik parchasini, so‘ngra esa so‘ralayotgan pul berilmaguncha 20 daqiqalik parchalarini joylashtirish bilan tahdid qilishmoqda. Biroq Ayger gap qanday film haqida ketayotganini ma’lum qilmadi.
Ma’lum qilinishicha, kompaniya pul to‘lashdan bosh tortgan. Ushbu voqeani tergov qilishga federal tergovchilar jalb qilingan.
Shunisi, ma’lumki yaqin orada kinokompaniyaning "Karib dengizi qaroqchilari: O‘liklar ertak aytmaydilar" hamda "Mashinalar-3" filmlari ekranga chiqishi kerak. Bundan tashqari, xakerlar qo‘liga "Yulduzli janglar: So‘nggi jeday" filmi materiallari tushgani ham aytilayotgandi, biroq bu taxminlar rad etilgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Ozish uchun qancha yugurish kerak?
Ot sporti. Konkur bo‘yicha yana bir turnir o‘tkazildi
Robert Levandovski: “Mbappe futbolchi va shaxs sifatida juda aqlli”
Rossiya tashqi ishlar vaziri Makronni Napoleon va Gitler bilan solishtirdi