Noodatiy “junli kruassan”lar ijtimoiy tarmoqlarda katta qiziqish uyg‘otmoqda!

Tailandning Pattaya shahridagi novvoyxona o‘zining noodatiy “junli kruassan”lari bilan ijtimoiy tarmoqlarda katta qiziqish uyg‘otmoqda. Ko‘rinishidan odamga soch yoki jun tolasini eslatadigan bu shirinlikni tatib ko‘rish uchun mijozlar soatlab navbat kutmoqda.
Aslida kruassan ustidagi qora tolalar iste’mol qilish mumkin bo‘lgan mahsulot — Osiyo oshxonasida keng qo‘llaniladigan fat choy nomli qora dengiz o‘tlaridan tayyorlanadi. Novvoyxona oshpazining aytishicha, dengiz o‘tining biroz sho‘r ta’mi ichidagi shirin krem bilan uyg‘unlashib, noodatiy lazzat beradi.
Qiziq tomoni, bu g‘oya avvaliga hazil sifatida paydo bo‘lgan. Bir mijoz do‘sti uchun “junli tort” so‘ragan, u internetda mashhur bo‘lgach, novvoyxona “junli kruassan”ni ham taqdim etgan.































Izohlar 0
…