Qozog‘istonda sahnada diplomini yirtib tashlagan yigit tarmoqlarda bahs uyg‘otdi

Qozog‘istonda  sahnada diplomini yirtib tashlagan yigit tarmoqlarda bahs uyg‘otdi

Qozog‘istonning Olmaota shahrida diplom topshirish marosimida sodir bo‘lgan noodatiy holat ijtimoiy tarmoqlarda katta muhokamalarga sabab bo‘ldi. Xalqaro biznes va kommunikatsiyalar kolleji bitiruvchisi sahnada diplomini “yirtib tashlagani” aks etgan video internetda tez tarqaldi.

Politsiya tekshiruviga ko‘ra, videoda haqiqiy diplom emas, balki oldindan tayyorlangan soxta muqova ishlatilgan. Asl diplom va uning ilovasi zarar ko‘rmagan.

Shunga qaramay, sud yigitning harakatini jamoat tartibini buzish sifatida baholadi. U mayda bezorilikda aybdor deb topilib, 5 sutka ma’muriy qamoq jazosiga hukm qilindi.

Mazkur voqea Qozog‘istonda bitiruv marosimlaridagi tartib va ijtimoiy tarmoqlar uchun qilinayotgan “kontent”lar bo‘yicha bahslarni kuchaytirdi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar