
Toronto shahri aholisi g‘aroyib voqeadan hayratga tushdi, avtohalokat tufayli olamdan o‘tgan ayol tobutda farzand ko‘rdi, deb xabar berdi Darakchi.uz nashri.
Nashrning xabar berishicha, ayolning etti oylik homilasi bo‘lgan. U shaxsiy avtomobilini boshqarib, kasalxonaga ketayotganda boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l-transport hodisasiga duchor bo‘ldi. U inson hayoti uchun xavfli bo‘lgan – bosh-miya va ko‘krak qafasi jarohatini oldi. Shifokorlar ayol va homilaning vafot etganini qayd etishdi. Ayolning jasadi kasalxona o‘likxonasidagi muzlatkichda 17 soat, uyida esa 6 soat saqlandi. Uni dafn etishayotganda tobut ichidan chaqaloqning yig‘isi eshitildi. Dafn byurosi xodimlari qabrga tushirilgan tobutni tepaga ko‘tarib, ochib ko‘rishganda ularning ko‘zi tirik chaqaloqqa tushdi, u qiz bola edi. Shifokorlar homilaning qanday qilib kislorodsiz tirik qolganiga izoh berolmadi. Hozirda qizaloq maxsus inkubatorda saqlanmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar