“Godzilla Kongga qarshi” filmi qahramoni Kayli Xottl 18 yoshida hayotdan ko‘z yumdi

“Godzilla Kongga qarshi” filmi qahramoni Kayli Xottl 18 yoshida hayotdan ko‘z yumdi

"Godzilla Kongga qarshi" kartinasining Jia obrazi orqali tanilgan aktrisa Kayli Xottl 18 yoshida avtohalokatda halok bo‘ldi. Eshitish imkoniyati cheklangan yosh aktrisa Merilend shtatida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasidan keyin shifoxonaga yetkazilgan.

Hodisa seshanba kuni tungi soat 03:00 larda Ijamsvillda yuz bergan. Kayli o‘tirgan mashina yo‘ldan chiqib ketib, suv o‘tkazgichga urilgan. U og‘ir ahvolda vertolyot orqali shifoxonaga olib borilgan, biroq ko‘rsatilgan yordamga qaramay vafot etgan.

Avtomobilni boshqargan 19 yoshli haydovchi yengil jarohatlangan. Mashinadagi boshqa yo‘lovchi tibbiy yordam olishni istamagan. Politsiya tezlik me’yordan oshirilgan bo‘lishi mumkinligini aytmoqda.

Kaylining otasi Joshua Xottl haydovchini kechirganini bildirib, bu fojia uning butun hayotini barbod qilmasligi kerakligini aytdi. Kayli "Godzilla va Kong: Yangi imperiya" filmida ham Jia rolini ijro etgan. U ekranda Kong bilan imo-ishora tili orqali muloqot qilgan qahramon sifatida muxlislar xotirasida qoldi. Yosh aktrisaning kutilmagan o‘limi haqidagi xabar kino muxlislari orasida qayg‘u uyg‘otdi. Huquqni muhofaza qiluvchi idoralar hodisani tekshirishni davom ettirmoqda. Va qo‘shimcha dalillarni ham o‘rganmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar