Barselonada Ferran Torres sharafiga chizilgan surat tahrir qilindi: Siyosiy norozilikmi?

1 daqiqa o'qish162
Barselonada Ferran Torres sharafiga chizilgan surat tahrir qilindi: Siyosiy norozilikmi?
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • Barselonadagi Gràcia mahallasida taniqli koʻcha rassomi "TV Boy" tomonidan Ispaniya terma jamoasi va Barselona klubi hujumchisi Ferran Torres sharafiga chizilgan mahobatli devoriy surat nomaʼlum shaxslar tomonidan oq boʻyoq bilan boʻyab tashlandi.
  • Ushbu voqea futbolchi Nyu-Jersidagi "MetLife Stadium"da oʻtgan 2026-yilgi Jahon chempionati finalida Argentina darvozasiga hal qiluvchi golni urib, Ispaniyaga oltin medallarni taqdim etganidan bir necha kun oʻtib sodir boʻldi.

Barselona koʻchalari kutilmagan vandallik harakati bilan uygʻondi. Ispaniya terma jamoasi va Barselona klubi hujumchisi Ferran Torres sharafiga chizilgan mahobatli devoriy surat (mural) nomaʼlum shaxslar tomonidan boʻyab tashlandi. Ushbu voqea futbolchi Jaxon chempionati finalida gʻalaba golini kiritib, milliy qahramonga aylanganidan bir necha kun oʻtib sodir boʻldi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.

Maʼlumki, Ferran Torres Nyu-Jersidagi "MetLife Stadium"da oʻtgan 2026-yilgi Jahon chempionati finalida Argentina darvozasiga hal qiluvchi golni urib, Ispaniyaga oltin medallarni taqdim etgan edi. Ushbu tarixiy gʻalabadan soʻng taniqli koʻcha rassomi "TV Boy" Barselonaning Gràcia mahallasidagi Eskorial koʻchasida futbolchining gʻalaba onini aks ettiruvchi asar yaratgan edi.

Siyosiy ziddiyatlar va vandallik

Mundo Deportivo nashrining xabar berishicha, mural tayyor boʻlganidan bir necha soat oʻtmay, chorshanba kuni ertalab oq boʻyoq bilan butunlay toʻsib tashlangan. Suratda Ferran Torres Ispaniya terma jamoasi libosida Jaxon kubogini oʻpayotgan holatda tasvirlangan edi. Bu holat ayrim kataloniyalik faollarning keskin noroziligiga sabab boʻlgani aytilmoqda.

Vandallar nafaqat suratni yoʻq qilishgan, balki uning oʻrniga Ispaniya birligiga qarshi va Kataloniya sport terma jamoalarini tan olishni talab qiluvchi yozuvlarni qoldirishgan. Bu harakat shunchaki bezorilik emas, balki chuqur siyosiy va sport ziddiyatlari mahsuli ekani koʻrinib turibdi. Ispaniya terma jamoasining jahon chempionligini nishonlashi Kataloniyadagi mustaqillik tarafdorlari orasida turlicha kutib olindi.

Ferran Torres finalning 106-daqiqasida, qoʻshimcha boʻlimlarda gol urib, "Matadorlar"ni choʻqqiga olib chiqqan edi. Biroq uning Madridda oʻtgan tantanali parad vaqtida aytgan gaplari va xatti-harakatlari ham tanqidlar toʻlqiniga sabab boʻlgan. Mahalliy muxlislar orasida Barselona klubi aʼzosining Ispaniya bayrogʻi ostidagi muvaffaqiyati hamma uchun ham quvonchli boʻlmagan.

Hozirda shahar politsiyasi va tegishli idoralar ushbu holat yuzasidan surishtiruv ishlarini boshlagan. Rassom "TV Boy" hozircha oʻz asarining yoʻq qilinishiga munosabat bildirmadi. Mazkur voqea Ispaniyada sport va siyosat oʻrtasidagi oʻta nozik chegara hamda mintaqaviy oʻzlikni anglash masalalari qanchalik dolzarb ekanligini yana bir bor koʻrsatib berdi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?