15:01 / 21.05.2017
6 453

Qochqin matematik KXDRning pul o‘g‘irlovchi maxsus xakerlik guruhi haqida aytib berdi

Qochqin matematik KXDRning pul o‘g‘irlovchi maxsus xakerlik guruhi haqida aytib berdi
KXDR maxsus xizmatlarida Unit 180 nomli maxsus xakerlar guruhi mavjud va bu guruh bir necha marta muvaffaqiyatli hujumlarni amalga oshirgan. Bu haqda Reuters agentligi Shimoliy Koreyadan qochishga muvaffaq bo‘lgan matematikka asoslanib xabar tarqatdi, deb yozmoqda Kun.uz nashri. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu guruh pul o‘g‘irlash bilan ham shug‘ullanadi.

2004 yilda mamlakatni tark etgan Kim Hyung Kvangning so‘zlariga ko‘ra, bu guruh asosan pul o‘g‘irlaydi. Uning aytishicha, bu ma’lumotlarni u Shimoliy Koreyada qolgan manbalaridan olgan.

«Xakerlar chegaradan tashqariga chiqishadi va Shimoliy Koreyadan ko‘ra internet xizmatlari yaxshi bo‘lgan joyda faoliyat ko‘rsatishadi», — degan u. Uning qo‘shimcha qilishicha, xakerlar KXDRdan turli firmalar xodimlari sifatida chiqishi mumkin.

Bundan oldinroq WannaCry virusi shimoliy koreyalik xakerlar tomonidan yaratilgani gumon qilinayotgani haqida xabarlar paydo bo‘lgandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qochqin matematik KXDRning pul o‘g‘irlovchi maxsus xakerlik guruhi haqida aytib berdi