Yaponiyalik «Rolan Garros» chempioni Rika Xiraki hibsga olindi

Yaponiyalik sobiq professional tennischi, 1997 yilgi «Rolan Garros» chempioni Rika Xiraki firibgarlikda gumon qilinib, hibsga olindi. Ma’lum qilinishicha, u to‘rt yil avval sodir etilgan firibgarlik ishi doirasida tergov qilinmoqda.
Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, ijtimoiy tarmoqlarda o‘zini Fransiyada ishlovchi ortoped-jarroh sifatida tanishtirgan shaxs bir ayolni aldov yo‘li bilan 300 ming iyena o‘tkazishga ko‘ndirgan. Politsiya kuzatuv kameralari tasvirlarida Rika Xiraki ushbu mablag‘ tushgan hisob raqamidan naqd pul yechayotgani aks etganini bildirmoqda.
Hozirda huquqni muhofaza qiluvchi organlar mazkur hisob raqami bilan bog‘liq boshqa murojaatlarni ham o‘rganmoqda. 54 yoshli Rika Xiraki 1997 yilda Hindistonlik Mahesh Bhupati bilan birga «Rolan Garros» musobaqasining aralash juftliklar bahsida chempionlikni qo‘lga kiritgan edi.






























Izohlar 0
…