Afra Sarachog‘luning yangi sevgisi haqida mish-mishlar kuchaydi

Turk shou-biznesida yana bir yangi sevgi hikoyasi muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. OAV xabarlariga ko‘ra, aktrisa Afra Sarachog‘lu muvaffaqiyatli tadbirkor Poyraz Yosmaog‘lu bilan munosabatlarni boshlagan bo‘lishi mumkin.
Juftlik ilk bor Yevropa safari davomida Kopengagen va Madrid ko‘chalarida birga sayr qilayotgani, qo‘l ushlashib yurgani tasvirlarga muhrlangandi. Istanbulga qaytgach esa paparatsilar ularni Bebek tumanida yana birga ko‘rishgan.
Afra Sarachog‘lu munosabatlari haqida hozircha rasmiy bayonot bermagan. Biroq uning jurnalistlar qarshisida qo‘li bilan kamon va o‘q ishorasini ko‘rsatgani muxlislar tomonidan o‘ziga xos ishora sifatida talqin qilinmoqda.
Bundan tashqari, oradan ko‘p o‘tmay Poyraz Yosmaog‘luning aktrisani kechasi uyigacha kuzatib qo‘ygani ham kameralar nigohidan chetda qolmadi. Shu sababli turk matbuoti va muxlislar Afra Sarachog‘lu hayotida yangi sevgi sahifasi ochilgan bo‘lishi mumkinligini taxmin qilmoqda.































Izohlar 0
…