Hindistonda shov-shuv: kelin qaynotasining jinsiy a’zosiga pichoq bilan hujum qildi

Hindistonning Uttar-Pradesh shtatida kelin qaynotasining jinsiy a’zosini kesib tashlagani haqidagi voqea keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. Ayolning iddao qilishicha, qaynotasi eri uyda bo‘lmagan paytlarda uni ikki yil davomida muntazam ravishda jinsiy zo‘ravonlikka uchratib kelgan.
Ma’lum bo‘lishicha, ayol avval ham yordam so‘rab qo‘shnilarga bir necha bor murojaat qilgan, biroq uning murojaatlariga jiddiy e’tibor berilmagan. Shundan so‘ng u navbatdagi zo‘ravonlikka urinish vaqtida qaynotasiga pichoq bilan hujum qilgan.
Erkakning qichqiriqlarini eshitgan qo‘shnilar darhol voqea joyiga yetib kelib, politsiyaga xabar bergan. Jabrlanuvchi shifoxonaga olib borilgan, huquq-tartibot idoralari esa hodisa yuzasidan tergov boshlagan.
Hozirda ayolning uzoq yillar davom etgan zo‘ravonlik haqidagi da’volari tekshirilmoqda. Tergov yakunlariga ko‘ra, voqeaga huquqiy baho berilishi kutilmoqda.































Izohlar 0
…