Turkiyada 42 yo‘lovchili avtobus ag‘darilib ketdi

Turkiyaning Qiriqqal'a viloyatida 42 nafar yo'lovchi bo'lgan avtobusning ag'darilib ketishi oqibatida 40 kishi jarohat oldi. Mazkur yo'l-transport hodisasi 25 iyul kuni tunda Qiriqqal'a – Samsun avtomobil yo'lining Kimeski mahallasi hududida yuz berdi. Dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, haydovchi noma'lum sabablarga ko'ra boshqaruvni yo'qotgan va transport vositasi yo'ldan chiqib ketgan.
Turkiyaning Qiriqqal’a viloyatida yo‘lovchi avtobusi ishtirokida yirik yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Halokat oqibatida avtobusda bo‘lgan 42 kishidan 40 nafari turli darajada jarohat oldi.
Ma’lum qilinishicha, voqea 25 iyul kuni tungi vaqtda Qiriqqal’a – Samsun avtomobil yo‘lining Kimeski mahallasi hududida yuz bergan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, haydovchi noma’lum sabablarga ko‘ra transport vositasi boshqaruvini yo‘qotgan. Oqibatda avtobus yo‘ldan chiqib ketib, ag‘darilib ketgan.
Hodisa vaqtida avtobusda 42 nafar yo‘lovchi, shu jumladan, transport kompaniyasining uch nafar xodimi bo‘lgan. YTH natijasida 40 kishi tan jarohati olgan.
Favqulodda hodisa haqida xabar kelib tushgach, voqea joyiga tez tibbiy yordam, politsiya hamda qutqaruv xizmatlari jalb etildi. Jarohatlanganlar shifoxonalarga olib borilib, ularga zarur tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, jabrlanganlar orasida xorij fuqarolari yo‘q. Hozirda halokatning aniq sabablari yuzasidan tegishli idoralar tomonidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda.






























Izohlar 0
…