Dengiz sheri baliqchilar kemasiga chiqib, karavotda uxlab qoldi (video)
1 daqiqa o'qish209

Argentinada noodatiy voqea kuzatildi. Dengiz sherlaridan biri baliqchilar kemasiga sezdirmasdan chiqib, ekipaj a’zolari dam oladigan karavotlardan biriga joylashib oldi va maza qilib uxlab qoldi.
Eng qizig‘i, atrofdagi shovqin-suron ham jonivorning shirin uyqusini buza olmadi. Aksincha, u yostiqqa yanada qulayroq suyanib, uyquni davom ettirishga uringan.
Ekipaj a’zolari esa kutilmagan “mehmon”ning bu qilig‘idan hayratga tushib, holatni videoga olishdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, dengiz sherlari dengiz sutemizuvchilari orasida yuqori aqliy qobiliyatga ega jonivorlardan hisoblanadi. Mutaxassislar ularning xatti-harakatlarida itlarga o‘xshash jihatlar ko‘pligini ta’kidlaydi.
Obuna bilan reklama bo'lmaydi
Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm
Mavzuga oid yangiliklar
































Izohlar0
…