Bishkekda fuqaro faollari va shaharliklar Toqtonaliev ko‘chasidagi daraxtlar kesilishiga qarshi norozilik namoyishiga chiqdi. Bir necha kishi hibsga olindi.
Faollar ko‘chaning o‘rtasiga o‘tirib olib, shahar hokimligidan daraxtlarning kesilishi to‘xtatilishini talab qilishdi. Faollarning so‘zlariga qaraganda, meriya yo‘llarni kengaytirish maqsadida qonunga xilof ravishda, ekologiyaga zarar keltirgan holda ish ko‘rmoqda. Fuqarolar shahar meri Albek Ibraimovni daraxtlar kesilayotgan joyga chaqirishdi. U bu kabi qadam nima sababdan ko‘rilayotganini tushuntirib berishi kerak.
Milisiya namoyishchilarga murojaat qilib yo‘llar ochilishini talab qildi, biroq bu talab bajarilmadi. Buning natijasi o‘laroq milisiya 10 kishini hibsga oldi va Pervomay tuman Ichki ishlar bo‘limiga olib bordi.
Mahaliy aholi «milisiya fuqarolarni himoya qilish o‘rniga, ularning huquqlarini buzayotganidan» shikoyat qilmoqda. «Odamlar haqida qayg‘uring, ekologiya xaqida o‘ylang. Shundoq ham shaharda daraxtlar qolmadi. Hamma asfaltda yashamoqda!», — dedi shahar aholisidan biri.
Milisiya noroziliklarga qaramay yo‘llarni tozalamoqda. Bishkek vise-meri Baqit Dyushembiev jurnalistlarga bergan bayonotida, bu yo‘l qurilishining zaruriyati haqida gapirdi. Uning aytishicha, Mir va Sovet prospektlari o‘rtasiga yo‘lak solish kerak. Chunki bu ikki prospekt bugun juda ham tirband bo‘lib ketgan, shu sababli tirbandlika barham berish kerak. «Qurilish hududidagi 143ta daraxt kesilishi kerak. Ularning o‘rniga boshqa daraxtlar o‘tkaziladi», — dedi hokim o‘rinbosari. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi