22:16 / 03.06.2017
5 555

ID jangarilari Moskva metrosini qanday portlatmoqchi bo‘lishdi

ID jangarilari Moskva metrosini qanday portlatmoqchi bo‘lishdi
25 may kuni FXX tomonidan qo‘lga olingan shaxslar «Teplыy stan», metro bekatida terakt uyushtirishga tayyorgarlik ko‘rishgan, deb xabar berdi sputniknews-uz.com nashri.
Nashrning ma’lum qilishicha, Suriyadan berilgan ko‘rsatmaga asosan, portlatishlar orqali terrorchilar Rossiya poytaxtida futbol bo‘yicha Konfederasiyalar kubogi o‘tkazilishini yo‘qqa chiqarishni ko‘zda tutishgan.

O‘tgan haftada Rossiya FXX Muhammadyusuf Ashurov, Furqat Kushaev, Abdushukur Gulmirzaev va Magomed Davudovlarni hibsga olish talabi bilan sudga murojaat qildi. Ular terrorchilik tashkilotida ishtirok etishda, terakt uyushtirishga tayyorgarlikda, o‘q-dori va portlovchi moddalar saqlashda hamda portlovchi moddalar tayyorlashda ayblanmoqda. O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan 21 yoshli Ashurov o‘rta-maxsus ma’lumotga ega, rasman ishsiz. Uning hamyurti- 24 yoshli Kushaev kollejni bitirgan, u ham ishsiz. Tojikiston fuqarosi 26 yoshli Gulmirzaev va dog‘istonlik 20 yoshli Davudov sudda Peredelkinodagi zavodda ishlashlarini, lekin norasmiy tarzda ishga joylashishganini aytishdi. Sud ularni ikki oyga hibsga olishga hukm chiqardi.

Terrorchi tashkilot a’zolarini ushlash bo‘yicha operasiya poytaxtdagi Novo-Peredelkino tumanidagi uchta uyda o‘tkazildi. Bu uylarda ID tarafdorlari xonadon ijaraga olgan bo‘lib, xonadonlardan birini portlovchi qurilmalar tayyorlanadigan sexga aylantirishgan. Xonadondan elektrolit, vodorod peroksidi va aseton to‘ldirilgan 5 litrli idishlar, simlar, gayka va mix solingan xaltalar topilgan. Avtomobil o‘t o‘chirgichiga joylashtirilgan qo‘lbola bomba ham topilgan bo‘lib, FXX ekspertlarining aytishlaricha, 3 aprel kuni Sankt-Peterburg metrosida amalga oshirilgan teraktda ham xuddi shunday portlovchi qurilmadan foydalanilgan.

Ekstremistlar ta’siriga birinchi bo‘lib Ashurov tushgan. U «Odnoklassniki» tarmog‘ida hozirda Turkiyada yashayotgan yurtdoshi bilan tanishib qoladi. Telegram messenjeri orqali bir necha oy davomida diniy mavzularda suhbatlashgan Ashurov IDga sodiqligi haqida unga bayat beradi (qasam ichadi). Zavodga yuk tashuvchi bo‘lib joylashgan Ashurov o‘zi bilan ishlaydigan Kushaev, Gulmirzaev va Davudovlarni ID safiga chorlaydi. U hamkasblariga Suriyadagi jangarilar qanday zo‘r yashayotganlari haqida hikoya qiladi va ular o‘zlarini Rossiyada ko‘rsata olsalar Suriyaga borishlari mumkinligiga ishontiradi. Berilgan ko‘rsatmaga asosan, ular Moskvada Konfederasiyalar kubogi arafasida terakt sodir etishlari kerak bo‘lgan. Ularga qayerda hujum uyushtirishni o‘zlari tanlashlari mumkinligi aytilgan.

Jangarilar dastlab «kofirlar cho‘chqa go‘shti eydigan» restoranda portlash uyushtirishni rejalashtirishgan, keyin esa o‘zlari yaxshi biladigan «Teplыy stan» metro stansiyasini tanlashgan. Portlashdan so‘ng ular yo‘lovchilarga qarshi avtomatlardan o‘t ochishni va granata uloqtirishni reja qilishgan. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, ular teraktni odatda odam gavjum bo‘ladigan juma kunlaridan biriga rejalashtirishgan. Ashurovning o‘zi hujumni telefon orqali tasvirga olishi va lavhani internetga joylashtirishi lozim bo‘lgan. Buyurtmachilar terakt ijrochilariga hujjat, pul va va Turkiyaga chiptalar jo‘natishni va’da qilishgan. Lekin ularning barchasi shunchaki hudkushga aylanishlari qo‘lga olinganlarning hech birining xayoliga kelmagan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » ID jangarilari Moskva metrosini qanday portlatmoqchi bo‘lishdi