20:02 / 05.06.2017
5 494

Londondagi terakt – saylovoldi kampaniyasi markazida

Londondagi terakt – saylovoldi kampaniyasi markazida
Londondagi so‘nggi terakt 8 iyunda bo‘lib o‘tadigan muddatdan avvalgi parlament saylovlari arafasida Buyuk Britaniyaning ikki etakchi partiyasi rahbarlari orasidagi qizg‘in bahslar sababchisiga aylandi.

Konservatorlar etakchisi, bosh vazir Tereza Mey yakshanba kuni Britaniyada ekstremizm ko‘rinishlariga haddan tashqari sabr-toqatli munosabatda bo‘linayotganligini ma’lum qildi. Bunga ortiq chidab bo‘lmasligini va mamlakat yangi yondashuvga muhtoj ekanligini aytib o‘tdi bosh vazir. Saylovlarda g‘alaba qozongan taqdirda u terrorizmga qarshi kurash choralarini kuchaytirishini va’da qildi.

Leyboristlik partiyasi Meyning so‘zlarini saylovoldi kampaniyasiga siyosiy ruh berish va bundan avval ham o‘zi tomonidan bir necha bor G‘arbga qarshi radikallarga moyillikda ayblangan partiyalarining etakchisi Jeremi Korbinga “hujum qilish” istagi sifatida qabul qildi. Kechroq Korbinning o‘zi opponentining so‘zlariga javoban Mey va uning partiya bo‘yicha safdoshlari o‘zlarining ko‘p yillik qat’iy byudjet tejamkorligi siyosati bilan maxsus xizmatlar samaradorligiga zarar etkazganlini qayd qildi. Huquqni muhofaza qilish organlarining kadr tarkibi 20 ming kishiga qisqartirilgan, “xavfsizlikni arzon turmaydi”, - deb uqtirib o‘tdi Korbin.

22 mayda Manchesterda sodir bo‘lgan teraktga qadar Mey Korbinni ancha ilgarilab ketgan bo‘lib, uni osonlikcha yutib ketishi kerak edi. Ammo teraktdan so‘ng hukumatga bo‘lgan ishonch kamayib, so‘nggi so‘rovlarga ko‘ra, konservantlar 1 foizgagina o‘zib bormoqdalar.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Londondagi terakt – saylovoldi kampaniyasi markazida