Shakira 200 ming pesolik kupyurada? Tarmoqlarda kutilmagan taklif

Kolumbiyada Shakiraning surati tushirilgan 200 ming pesolik banknota tasviri ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib, muxlislar orasida qizg‘in muhokamaga sabab bo‘ldi. Biroq bu yangi pul birligi emas — hozircha u faqat internetda ilgari surilayotgan ramziy taklif.
Shakiraning Chokoga tashrifi va zilziladan zarar ko‘rgan hududlardagi ta’lim muassasalarini tiklashga yordam berishi ortidan xonandaga bo‘lgan e’tibor yanada kuchaydi. U o‘z jamg‘armasi orqali 10 ta maktabni qayta tiklashga yordam berishini ma’lum qilgan.
Shundan so‘ng ijtimoiy tarmoqlarda ayrim foydalanuvchilar uni Kolumbiyaning yangi, faraziy 200 ming pesolik banknotasiga joylashtirish g‘oyasini ilgari surdi. Tarqalgan surat rasmiy banknota emas, balki ijtimoiy tarmoqlarda paydo bo‘lgan raqamli dizayn. Kolumbiya Markaziy banki bunday yangi kupyura chiqarilganini e’lon qilmagan.
Ijtimoiy tarmoqlarda xonandani boshqa usullarda ham taqdirlash haqidagi g‘oyalar paydo bo‘lmoqda. Ayrim foydalanuvchilar uni prezidentlikka nomzod sifatida tilga olgan bo‘lsa, boshqalar esa uning ijtimoiy faoliyatini alohida e’tirof etishni taklif qilmoqda.































Izohlar 0
…